Pedri: Levandovski 34 emas, 20 yoshli futbolchiga o‘xshaydi

Pedri: Levandovski 34 emas, 20 yoshli futbolchiga o‘xshaydi
\"Barselona\" futbolchisi Pedri jamoadoshi Robert Levandovski haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

\"U 34 emas, 20 yoshli futbolchilarga o‘xshaydi. Uning bir qancha gollar urishini, jamoa uchun harakat qilishini kuzatish aqlga sig‘maydi. Bu shunchaki fantastika.

Robert menga, xususan, klubdagi boshqa futbolchilarga ham ko‘p narsa o‘rgata oladi. U bizga hali ancha foyda keltiradi
\", - dedi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, kecha \"Barselona\" La Liga doirasida \"Real Sosedad\" bilan kuch sinashdi va yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.