Suares bir mavsum davomida «Barselona»da urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldoni ortda qoldirdi


«Barselona» jamoasi hujumchisi Luis Suares «Deportivo»ga qarshi (8:0) Ispaniya chempionati 34-turida to‘rtta gol kiritib, mavsum davomida kiritilgan gollar sonini 49 taga etkazib oldi. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar bermoqda.
Shu tariqa urugvaylik futbolchi «Barselona»ning braziliyalik sobiq hujumchisi Ronaldoni ortda qoldirdi. 1996-97 yilgi mavsumda «so‘yloqtish» barcha turnirlarda jami 47 ta gol kiritgan edi.
«Barselona»da bir mavsum davomida eng ko‘p golni Lionel Messi kiritgan. 2011-12 yilgi mavsumda u jami 73 ta gol kiritgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













