O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi JCHda 4-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi JCHda 4-o‘rinni egalladi
Bosniya va Gersegovinada dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar qildi.

Sarayevodagi musobaqalarning so‘nggi kunida Barchinoy Qodirova (-70 kg) finalda italiyalik raqibasini taslim etib, jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Bu bilan u Diyora Keldiyorovadan so‘ng kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan ikkinchi o‘zbekistonlik dzyudochimizga aylandi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, -90 kg vaznda Abbos Shermahmatov kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda imkoniyatni vengriyalik raqibiga boy berib qo‘ydi.

Jahon chempionatida Alisher Samanov (-81 kg), Shohjahon Otaboyev (-66 kg) va So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Xurshida Razzoqberdiyeva (-63 kg), Samariddin Muhbiddinov (-73 kg) va Umidaxon Burxonjonova esa (-44 kg) bronza medalga ega chiqishdi.

Bosniya va Gersegovinada 24-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 60 ta mamlakatdan bo‘lgan 400 nafardan ziyod dzyudochilar medal uchun kurash olib borishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.