Bunaqasi Superligada ham bo‘lmaydi. "Torpedo" - "Rostov" bahsida antiqa voqealar...

Bunaqasi Superligada ham bo‘lmaydi. "Torpedo" - "Rostov" bahsida antiqa voqealar...
RPL 8-turidan o‘rin olgan \"Torpedo\" - \"Rostov\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida \"Rostov\" futbolchisi Golenkov penaltidan gol ura olmadi. 2 daqiqa o‘tib Komlichenko 11 metrlik zarbani ko‘kka sovurdi. Nihoyat, 90+9-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Osipenko penaltini golga aylantirdi.

Shuningdek, mazkur bahsda \"Torpedo\"ning jami 9 ta futbolchisi sariq kartochka ishlab oldi.

Shu tariqa, Karpin shogirdlari Rossiya premer-ligasi turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 1 ochkosi bor \"Torpedo\" 15-pog‘onadan joy olgan.

Qayd etish lozim, ushbu bellashuvda hamyurtimiz Hojimat Erkinov to‘liq harakat qildi.
Bunaqasi Superligada ham bo‘lmaydi. "Torpedo" - "Rostov" bahsida antiqa voqealar...
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.