Yevropa Ligasi. «Roma» Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi, «Arsenal» safarda g‘alaba qozondi

Yevropa Ligasi. «Roma» Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi, «Arsenal» safarda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 8 sentabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Arsenal» safarda «Syurix» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Markinos hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Kryuyezyu penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi. 62-daqiqada Edvard Nketia londonliklarni oldinga olib chiqdi va g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

«Ludagores» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qildi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Kauli hisobni ochdi. Eldor Shomurodov 67-daqiqada Belottining o‘rniga maydonga tushdi. 86-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi muvozanatni tikladi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Nonato mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa «Ludagores» g‘alaba qozondi.

«Syurix» — «Arsenal» 1:2
Gollar
: 0:1 – 16 Markinos, 1:1 – 44 Kryuyezyu (penalti), 1:2 – 62 Nketia.
«Syurix»: Brexer, Boraniyashevich, Kryuyezyu, Kamberi, Aliti, Gerrero (Roner, 67), Jemaili (Konde, 67), Selnes, Krasniki (Markezano, 67), Okita (Avdiyay, 80), Ayegun (Santini, 80).
«Arsenal»: Terner, Tomiyasu, Holding, Gabriel, Tirni (Zinchenko, 69), Jaka, Lokonga, Fabiu Vieyra (Edegor 69), Nketia (Gabriel Jezus, 78), Martinelli, Markinos (Saka, 69).
Ogohlantirish: Kryuyezyu (18).

«Ludagores» — «Roma» 2:1
Gol
: 1:0 – 72 Kauli, 1:1 — 86 Eldor Shomurodov, 2:1 — 88 Nonato.
«Ludogores»: Padt, Vitryu, Nedyalkov, Verdon, Sisino, Kauli, Petrovski, Kafumana (Gustavo, 77), Despodov (Rik, 71), Tekpetey, Igor Tiago.
«Roma»: Svilar, Chelik (Spinassola, 67), Smolling, Manchini (Volpato, 75), Rojer, Matich (Kamara, 76), Kristante (Bove, 75), Pellegrini, Dibala, Belotti (Shomurodov, 67), Zalevski.
Ogohlantirishlar: Kafumana (38), Nedyalkov (52), Petrovski (68).

«PSV» — «Budyo Glimt» 1:1
Gollar
: 0:1 – 44 Grenbek, 1:1 – 62 Gakpo.

«AEK» — «Renn» 1:2
Gollar
: 0:1 – 29 Teate, 1:1 – 33 Oyer Sanxurxo, 1:2 – 90 Assinyon.

«Fenerbahche» — «Dinamo Kiyev» 2:1
Gollar
: 1:0 – 35 Gustavo Enrike, 1:1 – 63 Sigankov, 2:1 – 90 Batshuayi.

«XIK» — «Betis» 0:2
Gollar
: 0:1 – 45 Villian Joze (penalti), 0:2 – 64 Villian Joze.

«Union Berlin» — «Royal Union» 0:1
Gol
: 0:1 – 39 Linen.

«Malmyo» — «Braga» 0:2
Gollar
: 0:1 – 30 Brunu Rodrigesh, 0:2 – 70 Rikardu Orta (penalti).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.