Kosta-Rika bilan o‘yinda Sonning goli Janubiy Koreyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Kosta-Rika bilan o‘yinda Sonning goli Janubiy Koreyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanayotgan terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Xususan, O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Kosta-Rika bugun Janubiy Koreya bilan kuch sinashdi. Dastlab, Xvan Xi Chan urgan golga amerikaliklar Jevinson Bennettening dubli evaziga javob qaytardi. 85-daqiqada darvozani ishg‘ol etgan Son yakunda koreyaliklarga durang keltirdi.

Ma’lumot uchun, Kosta-Rika 27 sentyabr kuni Srechko Katanes boshchiligidagi \"oq bo‘rilar\"ga qarshi maydonga tushadi.

Janubiy Koreya – Kosta-Rika 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar
: 1:0 – 28 Xvan Xi Chxan, 1:1 – 41 Bennette, 1:2 – 63 Bennette, 2:2 – 85 Son Xin Min.

Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Yun Chjon Gyu, Kim Yen Gvon (Kvon Gen Von, 77), Kim Min Chje, Kim Chjin Su (Xon Chxol, 66), Kvon Chxan Xun (Na San Xo, 72), Xvan In Bom, Chjon Vu Yen (Son Chjun Xo, 66), Xvan Xi Chxan, Son Xin Min, Xvan Ыy Chjo (Chjon U Yen, 77).

Kosta-Rika – Alvarado, Martines (Fuller, 78), Duarte, Kalvo, Ovedo, Torres (Samora, 46), Borxes, Chakon (Vilson, 46), Kempbell (Sekeyra, 83), Kontreras (Venegas, 65), Bennette (Hernández González, 65).

Ogohlantirishlar: Kvon Chxan Xun (21), Bennette (47), Chjon Vu Yen (51), Yun Chjon Gyu (60), Ovedo (90).
Chetlatish: Alvarado (80).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.