“Lester” etakchisi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

“Lester” etakchisi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
“Lester” etakchisi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

\"Lester\" klubi hujumchisi Jeymi Vardi APL 36-turida \"MYu\"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, Angliya futbol assosiasiyasi Vardining diskvalifikasiyasini yana bir o‘yinga cho‘zishga qaror qildi. 29 yoshli hujumchi “Vest Xem”ga qarshi (2:2) Angliya chempionati 34-turida qizil kartochka olganidan so‘ng hakamni haqoratomuz so‘zlar bilan chaqirgan edi.

Shuningdek, Vardi 10 ming funt sterling miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar “Lester” “MYu”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsa, Angliya chempioniga aylanadi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.