JCH-2022. O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Kolumbiyani yengib, chorak finalga chiqdi

JCH-2022. O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Kolumbiyani yengib, chorak finalga chiqdi
Turkiya mamlakati amputantlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi. O‘yin vakillarimizning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Shu tariqa, futbolchilarimiz chorak finalga yo‘l oldi.

Endi keyingi bosqichdagi raqib Eronni 1:0 hisobida yutgan Italiya bo‘ladi.

O‘zbekiston – Kolumbiya 4:1
Gollar
: Aziz Abdurahmonov 9\', 22\', 28+1\', Abdujamil Shukurov 50\' – Xose Suares 26\'

O‘zbekiston tarkibi: 1. Qudrat To‘raxo‘jayev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliyev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboyev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug‘bek Toshpo‘latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil Shukurov (ham hujum ham himoyada o‘ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni)
JCH-2022. O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Kolumbiyani yengib, chorak finalga chiqdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.