«Shaxtyor»ning 4 futbolchisi Evropa Ligasi hafta ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi


UEFA Evropa Ligasining yarim finalidagi birinchi uchrashuvlar natijalariga ko‘ra tuzilgan ramziy terma jamoani ma’lum qildi, deyiladi \"Kun\" nashrida. Unda «Shaxtyor» jamoasining 4 nafar futbolchisi o‘rin olgan. Doneskliklar jamoasi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Yarim finalning ikkinchi uchrashuvida «Vilyarreal» o‘z maydonida «Liverpul»ni oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Darvozabon: Serxio Asenxo («Vilyarreal»).
Himoyachilar: Aleksandr Kucher («Shaxtyor»), Kolo Ture («Liverpul»), Yaroslav Rakiskiy («Shaxtyor»).
Yarim himoyachilar: Taras Stepanenko («Shaxtyor»), Bruno Soriano («Vilyarreal»), Jo Allen («Liverpul»), Vitolo («Sevilya»), Denis Suares («Vilyarreal»).
Hujumchilar: Kevin Gameyro («Sevilya»), Marlos («Shaxtyor»).

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













