Sharifa Davronova Osiyo chempioni boʻldi

Sharifa Davronova Osiyo chempioni boʻldi
Quvaytda 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida engil atletika boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kun bahslaridayoq Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor boʻldi.

Dastlabki medalni uch hatlab sakrash boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni Sharifa Davronova keltirdi.

Ahamiyatlisi, u chempionlikni bu gal uzunlikka sakrash sektorida tantana qildi. Hamyurtimiz mazkur dasturni shaxsiy rekordini yangilab, 6,06 metr natija bilan yakunladi. Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan boshqa bir atletimiz Xushnoza Shavkatova 5,78 metr bilan toʻrtinchi oʻrindan joy oldi.

1, Sharifa Davronova (Oʻzbekiston) – 6,06 metr
2, Moham Mubsina (Hindiston) – 5,91
3, Jia Yin (Gonkong) – 5,81
4, Xushnoza Shavkatova (Oʻzbekiston) – 5,78
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.