Superligada yana bir iste’fo

Superligada yana bir iste’fo
Kecha bo‘lib o‘tgan Superliga 22-tur doirasidagi \"Lokomotiv\" - \"Olimpik\" uchrashuvidan so‘ng \"temiryo‘lchilar\" bosh murabbiyi Server Jeparov klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarildi.

\"Lokomotiv\" kecha juda muhim bellashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo‘ldi.

Superliga bahslarining qolgan 4ta turiga asosiy poytaxtliklarni taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Yelichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Yelichichga yaqindan yordam beradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.