APL. «Manchester Yunayted» turning markaziy o‘yinida «Tottenhem» ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

APL. «Manchester Yunayted» turning markaziy o‘yinida «Tottenhem» ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 12-turida «Manchester Yunayted» 19 oktabr, chorshanba kuni «Tottenhem»ni qabul qildi.

Mankunianliklar Fred va Brunu Fernandeshning gollari evaziga «shporlar» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Qizil iblislar» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 19 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Tottenhem» esa 23 ochko bilan 3-pog‘onani band etib turibdi.

«Manchester Yunayted» — «Tottenhem» 2:0
Gollar
: 1:0 – 47 Fred, 2:0 – 69 Brunu Fernandesh.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines, Shou, Eriksen, Elanga, Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Reshford, Sancho, Antoni (Maktominey, 76).
«Tottenhem»: Loris, Doerti (Sessenon, 82), Dayer (Sanches, 82), Devis, Romero, Perishich (Spens, 89), Skipp, Hyoyberg, Bentankur, Bissuma (Lukas Moura, 82), Son Hyon Min, Keyn.
Ogohlantirish: Kazemiro (52).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.