Fernando Torres: «Atletiko» Chempionlar ligasi finalida istalgan raqibni engishga tayyor

Fernando Torres: «Atletiko» Chempionlar ligasi finalida istalgan raqibni engishga tayyor
Fernando Torres: «Atletiko» Chempionlar ligasi finalida istalgan raqibni engishga tayyor

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Fernando Torres “Bavariya”ga (1:2) qarshi kechgan Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar berdi.

“O‘yin o‘ta yuqori tempda o‘tdi. Biz bu jamoa bilan faxrlanamiz. Jamoa haqli ravishda Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.

Biz Evropaning eng yaxshi jamoalaridan birini taslim etdik. Orzuimiz sari yana bir qadam tashladik.

Biz g‘alabalarni xohlaymiz va hali “Atletiko” tarixida bo‘lmagan yutuqqa erishishni istaymiz.

“Atletiko” Chempionlar ligasi finalida istalgan raqibni engishga tayyor”, – deydi Torres.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.