Babayan: "Biz "Bunyodkor"ga g‘alaba uchun moliyaviy rag‘batlantirish taklif qilmaymiz"

Babayan: "Biz "Bunyodkor"ga g‘alaba uchun moliyaviy rag‘batlantirish taklif qilmaymiz"
\"Metallurg\" - \"Navbahor\" o‘yinidan (0:1) so‘ng mehmon jamoa ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Xayrli kech. Bugun birinchi navbatda iroda namoyish etiladigan o‘yin bo‘ldi. Yigitlar g‘alaba juda muhimligini ko‘rsatib berishdi. Futbolchilarimiz bor kuchini ishga solishdi. Muxlislarni tabriklayman, yigitlardan minnatdorman.

- Marushich nega almashtirildi? Jasur Yaxshiboyev nega tarkibda yo‘q edi?
- Yaxshiboyev haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u kasal. Sabab shu. Marushich katta ishni bajardi. U charchaganini ko‘rganimdan so‘ng almashtirishga qaror qildim.

- Bugun Jokichning yo‘qligi qay darajada sezildi?
- Yovan Jokich biz uchun muhim futbolchi, ammo Azim Ahmedov bu pozitsiyada munosib o‘yin ko‘rsatib, u yo‘qligini bildirmadi.

- So‘nggi turda \"Paxtakor\" \"Bunyodkor\"ga qarshi o‘ynaydi. \"Navbahor\" g‘alaba uchun \"Bunyodkor\"ga moliyaviy rag‘batlantirish taklif qilishi mumkinmi?
- Yo‘q. Biz bunday ishlar bilan shug‘ullanmaymiz. \"Navbahor\" faqat o‘ziga e’tibor qaratadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.