Anchelotti: «Barselona»ning mag‘lubiyati hayron qoldirdi, ammo chempionlik 38-turda hal bo‘ladi

Anchelotti: «Barselona»ning mag‘lubiyati hayron qoldirdi, ammo chempionlik 38-turda hal bo‘ladi
Anchelotti: «Barselona»ning mag‘lubiyati hayron qoldirdi, ammo chempionlik 38-turda hal bo‘ladi

Madridning \"Real\" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti \"Barselona\"ning Ispaniya chempionati 24-turidagi mag‘lubiyatidan hayron qolganini aytib o‘tdi.

\"Ko‘rinib turibdki, \"Barselona\"ning mag‘lubiyati ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Axir ular ajoyib formada edilar va chiroyli o‘yin namoyish qilishayotgandi.

Bizning g‘alabaga kelsak: \"Elche\"ni yutishimiz kerak va \"Barsa\"dan ilgarilab ketishimiz lozim edi.

Ammo, bu gapni ko‘p marta takrorlaganman, yana qaytaraman: chempionlik masalasi so‘nggi 38-turda hal bo‘ladi\", - deydi Goal nashri Anchelotti so‘zlarini keltirib.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.