JCH-2022. Germaniyani mag‘lub etgan Yaponiya ikkinchi turda Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘ldi

JCH-2022. Germaniyani mag‘lub etgan Yaponiya ikkinchi turda Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘ldi
Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Yaponiya - Kosta-Rika uchrashuvida nominal mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuv taqdirini amerikaliklar Keysher Fullerning 81-daqiqadagi goli hal etib berdi. Butun o‘yin davomida ustunlik qayd etgan osiyoliklar yakunda imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Kosta-Rika ochkolari sonini 3 taga yetkazdi va Yaponiya bilan tenglashib oldi.

Yaponiya — Kosta-Rika 0:1
Gol
: 0:1 – 81 Fuller.
Yaponiya: Gonda, Yamane (Mitoma, 62), Yoshida, Itakura, Nagatomo (Ito, 46), Endo, Kamada, Morita, Doan (Ito, 67), Soma (Minamino, 82), Ueda (Asano, 46).
Kosta-Rika: Navas, Fuller, Duarte, Uoston, Kalvo, Ovedo, Borxes (Salas, 89), Texeda, Torres (Agilera, 65), Kempbell, Kontreras (Bennette, 65).
Ogohlantirishlar: Kontreras (41), Yamane (44), Borxes (61), Kalvo (70), Itakura (84), Endo (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.