Zola Ranerining mashg‘ulotlarda qo‘llaydigan sirli iborasi haqida aytdi


Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Janfranko Zola «Lester» bosh murabbiyi Klaudio Ranerining jamoasi bilan har mashg‘ulot davomida futbolchilarni sergaklantirish uchun foydalanadigan usuli borasida gapirib o‘tdi.
Britaniya matbuoti mazkur usulni «tulkilar»ning APLda g‘alaba qozonishida katta rol o‘ynaganini yozishmoqda.
«Dili-din, dili-don» usuli — bu yangilik emas. Raneri undan «Napoli» paytidayoq foydalanardi. Klaudioning echinish xonasidagi gaplari har doim alohida ajralib turardi. Desayi futbolchilar uchun uning tarjimoni bo‘lib ishlagan davrlarni eslayman. Juda kulgili bo‘lardi, Marsel uning gaplarining yarminigina futbolchilarga tarjima qilardi.
Ammo shunga qaramay, Klaudioning o‘z g‘oyalarini futbolchilarga singdira olish qobiliyati bor edi va buni u ehtirosli amalga oshirardi. «Dili-din, dili-don» iborasini u juda ko‘p marotaba ishlatardi. Men bu iborani birinchi marta eshitganimdayoq uni qanday ma’no anglatishini tushunganman. Ba’zida futbolchilarni uyg‘otish, konsentrasiyasini yo‘qotmasligi uchun mana shunday qo‘ng‘iroqlar zarur — bu futbolda juda muhim holat», — deya Zoladan iqtibos keltiradi \"Kun\" nashri.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













