Niderlandiya bosh vaziri Baydenga: "Kechir, Jo! Ammo futbol g‘alaba qozondi"

Niderlandiya bosh vaziri Baydenga: "Kechir, Jo! Ammo futbol g‘alaba qozondi"
Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi Niderlandiya - AQSH uchrashuvida yevropaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindan keyin Niderlandiya mamlakat bosh vaziri AQSH Prezidenti Jo Baydenga javob qaytardi. Bayden jamoasining \"uchar gollandlar\"ga qarshi bahsi oldidan \"Tvitter\"dagi sahifasida tvit qoldirgan. Unda quyidagi so‘zlar yozilgandi: \"Bu - sokker deyiladi. Olg‘a, AQSH!\".

Bunga Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte shunday javob qaytardi: \"Kechir, Jo! Ammo futbol g‘alaba qozondi\".

Endi \"lolalar yurti vakillari\" 1/4 final uchrashuvini Argentina - Avstraliya bellashuvi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.