JCH—2022. Fransiya Marokash ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi

JCH—2022. Fransiya Marokash ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha JCH—2022 yarim finalida Fransiya 14 dekabr, chorshanba kuni Marokashga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 5-daqiqada fransuzlar himoyachisi Teo Ernandes hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham Fransiya bitta gol urdi. 79-daqiqada Randal Kolo Muani o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Fransiya final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Hal qiluvchi uchrashuvda yevropaliklar 18 dekabr kuni Argentina bilan bahs olib boradi.

JCH—2022
Yarim final bahsi
Fransiya — Marokash 2:0
Gollar
: 1:0 – 5 Ernandes, 2:0 – 79 Kolo Muani.
Fransiya: Loris, Kunde, Varan, Konate, Ernandes, Tchuameni, Fofana, Jiru (Tyuram, 65), Grizmann, Dembele (Kolo-Muani, 79), Mbappe.
Marokash: Bunu, Hakimi, Saiss (Amalla, 21; Ez Abde, 78), El-Yamik, Dari, Mazraui (Attiyyat-alla, 46), Ziyosh, Amrabat, Unai, An-Nesiri (Amdalla, 66), Bufal (Abuxlyal, 67).
Ogohlantirish: Bufal (27).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.