Gvardiola JCH-2022 da kim g‘olib bo‘lishini avvaldan bilgan

Gvardiola JCH-2022 da kim g‘olib bo‘lishini avvaldan bilgan
Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares “Manchester Siti”dagi ustozi Xosep Gvardiolaning JCH-2022 bo‘yicha qilgan bashorati haqida gapirdi.

- “Manchester Siti”dagi ilk kunlarimdan birida Pep, Rodri va portugaliyalik futbolchilar jahon chempionatida g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan jamoalarni muhokama qilishardi. Men jim qoldim.

Ular Portugaliya, Fransiya haqida gapirishdi. Pep esa: \"Bilasizmi, kimda eng yaxshi imkoniyat bor?\" Keyin esa menga ishora qildi
, - deydi 22 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Alvares mundialning 7 ta o‘yinida raqiblar darvozasiga 4 ta gol urdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.