Mavlonbek Qahhorov Ozarbayjon kikboksing yulduziga qarshi jang qildi

Mavlonbek Qahhorov Ozarbayjon kikboksing yulduziga qarshi jang qildi
Kecha, 24 dekabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida o‘ziga xos jang kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur turnir MMA va professional kikboksing bo‘yicha o‘tkazildi.Markaziy jangda hamyurtimiz muaytay bo‘yicha 3 karra jahon chempioni Mavlonbek Qahhorov Ozarbayjon kikboksing yulduzi Ruslan Nagiyevga qarshi ringga ko‘tarildi.

72,5 kg vaznda o‘tgan ushbu bahs durang bilan yakunlandi. Garchi, hamyurtimiz sezilarli tarzda ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, hakamlarning yakuniy qarori shunday ko‘rinish oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.