Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda chempion bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda chempion bo‘ldi
Ozarbayjonning Boku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Musobaqada 10 nafar grossmeyster qatorida rapid yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Abdusattorov ham qatnashib, blis yo‘nalishida ham g‘alaba qozondi. Bundan oldin Nodirbek rapid yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Abdusattorov shu tariqa Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa chempioniga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.