«Aston Villa» hafta oxiriga qadar 60 mln funtga sotib yuborilishi mumkin

«Aston Villa» hafta oxiriga qadar 60 mln funtga sotib yuborilishi mumkin
«Aston Villa» hafta oxiriga qadar 60 mln funtga sotib yuborilishi mumkin

«Aston Villa» jamoasi xo‘jayini Rendi Lerner jamoani sotib yuborish niyatida.

Amerikalik Lerner xitoylik biznesmenlar bilan jamoani 60 million funt evaziga sotish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu borada kelishuvga shu hafta oxirida erishilishi kutilmoqda, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Xaridorlarning nomi sir tutilmoqda, ular ayni vaqtda birminhemliklarning moliyaviy hisobotini o‘rganib chiqishmoqda.

Jamoa yangi xo‘jayinlar tasarrufiga o‘tganidan keyin yangi bosh murabbiy nomi ham ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Lerner 10 yil oldin «Aston Villa» xo‘jayiniga aylangandi. Joriy mavsumda jamoa ilk marta yuqori ligani tark etdi va chempionshipga tushib ketdi. Shundan so‘ng u jamoadan qutilishga qaror qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.