"Nasaf" legioner futbolchini tarkibga qo‘shib olishi kutilmoqda

"Nasaf" legioner futbolchini tarkibga qo‘shib olishi kutilmoqda
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev o‘z \"telegram\" kanalida ma’lum qilishicha, ayni damda \"Nasaf\" bazasida tojikistonlik legioner Muhammadjon Rahimov ko‘rikda bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumni \"Istiqlol\"da o‘tkazgan o‘ng qanot vingeri \"ajdarlar\" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Rahimov nafaqat o‘ng qanot yarim himoyasi, balki markaziy hujumchi va hujum ortida ham to‘p tepishi mumkin. Ayni damda futbolchining o‘zi Qarshida qolishni istamoqda, ammo yakuniy qarorni \"ajdarlar\" murabbiylar shtabi qabul qiladi.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.