A Seriya. «Napoli» 6 ta gol urilgan o‘yinda «Yuventus»ni tor-mor etdi

A Seriya. «Napoli» 6 ta gol urilgan o‘yinda «Yuventus»ni tor-mor etdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turida «Napoli» va «Yuventus» 13 yanvar, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvda «Napoli» 5:1 hisobida zafar quchdi. Neapolliklar safida Xvicha Kvaratsxeliya, Amir Rrahmani, Elif Elmas bittadan gol urgan bo‘lsa, Viktor Osimhen dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, gruziyalik futbolchi ikkita golli uzatma ijro etdi. Turinliklar safida esa Anxel di Mariya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

«Napoli» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 47 taga yetkazib, birinchi o‘rinni mustahkamladi. «Yuventus» esa 37 ochko bilan 3-pog‘onani band etdi.

«Napoli» – «Yuventus» 5:1
Gollar
: 1:0 – 14 Osimhen, 2:0 – 39 Kvaratsxeliya, 2:1 – 42 Di Mariya, 3:1 – 55 Rrahmani, 4:1 – 65 Osimhen, 5:1 – 72 Elmaz.
«Napoli»: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Mariu Ruy (Olivera, 70), Lobotka, Zelinski (Ndombele, 79), Zambo-Angissa, Politano (Elmaz, 46), Osimhen (Raspadori, 79), Kvaratsxeliya (Losano, 89).
«Yuventus»: Shensni, Aleks Sandro, Danilo, Bremer, Kostich, Rabo (Soule, 83), Lokatelli (Paredes, 56), Makkenni, Di Mariya (Miretti, 73), Keza (Ayling, 73), Milik (Kin, 56).
Ogohlantirish: Danilo (44).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.