Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida keskin yuqoriladi

Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida keskin yuqoriladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Ze shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli «Tata Steel Chess 2023» turniri davom etmoqda.

Musobaqaning 5-raundida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov birinchi raqamli shaxmatchi Magnus Karlsenni mag‘lub etib, musobaqadagi ochkolari sonini 4 taga yetkazib olgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur g‘alaba yosh shaxmatchimizga 18,4 reyting ochkolarini ham keltirdi. Nodirbek klassik shaxmat bo‘yicha jahon reytingida 12 pog‘onaga yuqorilab, jami 2731 ochko bilan 18-o‘ringa joylashdi.

Jahon reytingining TOP-20 taligi:
Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida keskin yuqoriladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.