Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak finallari nokautlarga boy bo‘ldi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak finallari nokautlarga boy bo‘ldi
Tailand poxtayti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun o‘tkazilgan chorak final bahslarida 7 nafar hamyurtlarimiz ishtirok etib ularning barchasi g‘alaba qozondi. E’tiborli tomoni, 5 nafar o‘zbek bokschilari raqiblarini muddatidan oldin tasim etdi.

63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev - Janluiji Kalapupin (Indoneziya) 2-raundda nokaut

-67 kg: Bekzod Hamidov - Rattapol Kadamduan (Tailand) 5:0

-71 kg: Nurislom Ismoilov - Kimxeang Xun (Kambodja) 1-raundda nokaut

-75 kg: A’loxon Abdullayev - Abdurazag Altagafi (Saudiya Arabistoni) 1-raundda nokaut

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Sagindik Togambay (Qozog‘iston) 1-raundda nokaut

-92 kg: Nusratbek Tohirov - Rezebike Ashan (Xitoy) 3:1

+92 kg: Jahongir Zokirov - Asadbek Mannonov (Tojikiston) 2-raundda nokaut
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.