Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat
Niderlandiyada klassik shaxmat bo‘yicha \"Tata Steel Chess 2023\" musobaqasi masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov 8-tur doirasida amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surdi va durangga erishdi.

Ushbu durangdan so‘ng Nodirbekning hisobidagi ochkolari soni 6 taga yetdi. U hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.

Masters musobaqasi jadvali bilan tanishing:
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat
Afsuski, chellenjerlar tasnifida qora donalarda harakat qilgan Javohir Sindorov turkiyalik Mustafa Yilmazga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Challengers jadvali quyidagi ko‘rinishda:
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat
23 yanvar xalqaro turnir dasturiga binoan dam olish kuni etib belgilangan.

Har ikki guruhdagi 9-tur o‘yinlari 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymer bilan ro‘baro‘ kelsa, Sindorov amerikalik Mishra Abximanyu bilan kuch sinashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.