APL. «Arsenal» muhim o‘yinda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi (video)

APL. «Arsenal» muhim o‘yinda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi (video)
Angliya Premer-ligasining 21-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Markus Reshford jarima maydonidan tashqarisida ajoyib zarba berib, hisobni ochdi. 24-daqiqada esa Edvard Nketia muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limda durang natija qayd etildi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etdi. 53-daqiqada Bukayo Saka ajoyib gol urib, londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada esa Lisandro Martines bosh bilan gol urdi va muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga yetishiga bir necha daqiqa qolganda Edvard Nketia «kanonirlar»ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

«Arsenal» ochkolari sonini 50 taga yetkazib, birinchi o‘rinni mustahkamladi. «Manchester Yunayted» esa 39 ochko bilan 4-pog‘onani band etdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.