Armanistonlik fubolchi Bundesligada eng yaxshisi bo‘ldi

Armanistonlik fubolchi Bundesligada eng yaxshisi bo‘ldi
Armanistonlik fubolchi Bundesligada eng yaxshisi bo‘ldi

Germaniya chempionatida to‘p surayotgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, “Borussiya” D klubi xavbeki Genrix Mxitaryan 2015/16 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.

So‘rovnomada ishtirok etgan 235 nafar futbolchilarning 31,1 % armanistonlik futbolchini qo‘llab-quvvatlagan. Ikkinchi o‘ringa “Bavariya” hujumchisi Roberto Levandovski loyiq bo‘ldi. Uni 21,1 % respondentlar qo‘lladi. Uchinchi o‘rin 13,6 % bilan Tomas Myullerga nasib qildi.

Ta’kidlash kerakki, yakuniga etgan mavsumda Genrix Mxitaryan Bundesligasning 31 uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.