Ronaldu: Do‘stim, bu oyoqlar bir milliard yevro turadi

Ronaldu: Do‘stim, bu oyoqlar bir milliard yevro turadi
Yarim himoyachi Ueston Makkeni hujumchi Krishtianu Ronalduning oyoqlari haqida gapirib berdi.

Ular 2021 yilga qadar \"Yuventus\"da birga to‘p tepgan. U shunday deydi: \"U massaj olayotgandi va men uning yonidan o‘tib ketayotgandim va uning oyoqlariga ko‘zim tushib qoldi\".

Makkeni: \"Xudoyim, oyoqlaringiz dahshatli ko‘rinishda\"!

Ronaldu: \"Do‘stim, bu oyoqlar bir milliard yevro turadi\".

Makkeni: \"To‘g‘ri aytdingiz, sizni hurmat qilaman\".

Qayd etish lozim, 37 yoshli forvard ayni vaqtda \"An-Nasr\" sharafini himoya qiladi. AQSHlik xavbek esa \"Lids\" safida ijara asosida to‘p tepmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.