Messi Gondurasga qarshi kechgan o‘yinda jarohat oldi


Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gonduras terma jamoasi bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
U elka qismida og‘riq seza boshlagach, 64-daqiqada almashtiriladi. Ayrim nashrlarning yozishicha, 28 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan Amerika Kubogi musobaqasidagi birinchi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi doirasida 7 iyun kuni Chili terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazadi.


Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













