A Seriya. Xvicha va Osimxenning gollari "Napoli"ga "Sassuolo" ustidan g‘alaba keltirdi

A Seriya. Xvicha va Osimxenning gollari "Napoli"ga "Sassuolo" ustidan g‘alaba keltirdi
A Seriya 23-turidan o‘rin olgan \"Sassuolo\" - \"Napoli\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, 12-daqiqada Kvaratsxeliya hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Osimxen farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.

Ochkolari sonini 62 taga yetkazib olgan neapolliklar turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. 24 ochkosi bor \"Sassuolo\" 15-pog‘onani band etgan.

\"Sassuolo\" – \"Napoli\" 0:2
Gollar
: 0:1 – 12 Kvaratsxeliya, 0:2 – 33 Osimxen.
\"Sassuolo\" – Konsili, Dzortea, Erlich, Ruan, Rojerio, Lopes (Obiang, 85), Frattezi (Alvares, 85), Mateus Enrike (Torstvedt, 79), Bayrami (Seyde, 79), Defrel (Pinamonti, 57), Loryante.
\"Napoli\" – Meret, Di Lorenso, Rraxmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zambo-Angissa (Ndombele, 78), Elmaz (Dzerbin, 85), Politano (Zelinski, 58), Osimxen (Simeone, 84), Kvaratsxeliya (Losano, 78).
Ogohlantirishlar: Loryante (43), Elmaz (53), Zelinski (68), Lopes (81).
A Seriya. Xvicha va Osimxenning gollari "Napoli"ga "Sassuolo" ustidan g‘alaba keltirdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.