YECHL. "Real" superkambek qayd etib, "Liverpul"ni safarda tor-mor etdi

YECHL. "Real" superkambek qayd etib, "Liverpul"ni safarda tor-mor etdi
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan \"Liverpul\" va \"Real\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Bellashuvning 4-daqiqasida Darvin Nunes chiroyli tarzda tezkor gol urishga erishdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Kurtuaning xatosidan keyin Salah oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi.

Hammasi shundan keyin boshlandi. Tanaffusgacha Vinisiusning dubli evaziga \"qirollik klubi\" muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limning boshida Militao bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Keyinchalik Benzema o‘z nomiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.

\"Liverpul\" (Angliya) – \"Real Madrid\" (Ispaniya) 2:5
Gollar
: 1:0 – 4 Nunes, 2:0 – 14 Salax, 2:1 – 21 Vinisius Junior, 2:2 – 36 Vinisius Junior, 2:3 – 47 Militao, 2:4 – 55 Benzema, 2:5 – 67 Benzema.
\"Liverpul\" – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes (Matip, 73), Robertson, Baychetich (Elliott, 85), Xenderson (Milner, 73), Fabino, Salax, Gakpo (Firmino, 64), Nunes (Diogu Jota, 64).
\"Real Madrid\"– Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Alaba (Nacho, 27), Modrich (Kroos, 87), Valverde, Kamavinga, Benzema (Asensio, 87), Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 81).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (60), Elliott (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.