"Alaniya"ning Norchayev uchun "Nasaf"ga qancha summa to‘lagani ma’lum bo‘ldi

"Alaniya"ning Norchayev uchun "Nasaf"ga qancha summa to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Biroz oldin \"Nasaf\" vakili Husain Norchayevning \"Alaniya\" safiga ko‘chib o‘tgani haqida xabar bergandik. Rossiya jamoasi futbolchimiz uchun \"Nasaf\"ga qancha pul o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

\"Transfermarkt\" portali ma’lumotlariga ko‘ra, \"Alaniya\" qarshiliklarga 470 ming yevro summa o‘tkazib berishi lozim. Ayni paytda hujumchining bahosi 900 ming yevroga baholangan.

Ma’lumot o‘rnida, Husain “Nasaf” tarkibida Superliganing bir marta kumush va bir marta bronza medallarini, ikki bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. 2021 yilda u OFK kubogida to‘purarga aylangandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.