Suriya U-20 termasi ustozi Mark Votte: "O‘zbekiston bilan o‘yinga tayyormiz"

Suriya U-20 termasi ustozi Mark Votte: "O‘zbekiston bilan o‘yinga tayyormiz"

Suriya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Votte ertangi O‘zbekistonga qarshi uchrashuvdan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

\"Biz Toshkentda ekanligimizdan xursandmiz. Turnirgacha 8 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Ularda 5 marta g‘alaba qozonib, 3 marta mag‘lubiyatga uchradik. Maqsadimiz – terma jamoaga yaxshi o‘yinchilar yetkazib berish.

Biz oldimizga ikkita maqsad qo‘yganmiz. Yarim finaliga yetib borish va Jahon chempionatiga chiqish\", – dedi Mark Votte.

- Suriyadagi zilziladan so‘ng futbolchilarning tiklanishi qanday bo‘ldi?

- Albatta, bu yomon holat. Ushbu avlod qiyin davrda o‘sgan va yer qimirlashi ham katta ta’sir o‘tkazdi. Men o‘yinchilarga 5 kun dam berdim  va 2 kun oilalari davrasida bo‘lishdi.

- Suriya terma jamoasidan avval Marokash yoshlarini boshqargansiz. Bu terma jamoadagi ko‘p futbolchilar Jahon chempionatida harakat qildi. Bu borada nima deya olasiz?

- Qilgan mehnatlarimiz samara bergani quvonarli. Suriya futbolchilarini ham Yevropaga yuborish niyatimiz bor. Ularda salohiyat katta.

- Jamoani ko‘proq mahalliy futbolchilardan yig‘dingiz. Bu Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli bo‘ladimi?

- Suriyalik o‘yinchilar butun dunyoda bor. Biz Daniya, Rossiya, umuman, Yevropadan barcha o‘yinchilarni yig‘ishga harakat qildik. Mahalliy futbolchilar va legionerlarni uyg‘unlashtirdik. \"Gerta\"da o‘ynaydigan Mustafo Abdulativni chaqirdik.

- O‘zbekiston haqida fikringiz qanday? Kuchli va kuchsiz chiziqlari bormi?

- O‘zbekiston – mezbon va guruh favoriti. Birinchi raqibimiz ham aynan O‘zbekiston. Bu raqib bilan o‘yinga tayyormiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.