Abduxoliqov premer-ligadagi gollar hisobini ochdi

Abduxoliqov premer-ligadagi gollar hisobini ochdi

Belarus chempionatidagi yorqin faoliyatidan keyin Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Bobur Abduxoliqov yangi ligada ham o‘zini ko‘rsata boshladi.

Shimkent klubi premer-liganing dastlabki turida o‘z maydonida “Kaspiy” futbolchilarini qabul qildi.

“Ordabasi”dagi ikki legionerimiz – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Bellashuv mezbonlar ustunligida o‘tdi va 3:1 hisobi bilan yakunladi.

Shimkentliklarning uchinchi goliga Bobur Abduxoliqov mualliflik qildi va yangi chempionatdagi gollari hisobini ochdi.

Shahboz Umarov 68 daqiqa to‘p tepdi. Boburning o‘zi esa 83-daqiqada o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Qozog‘iston chempionati

1-tur

\"Ordabasi\" – \"Kaspiy\" 3:1 

Gollar: Islamxan Bauirjan 16\', Asxat Tagibergen 49\', Bobir Abdixoliqov 66\' – Georgiy Pansulaya 71\'

\"Ordabasi\": Bekxan Shayzada, Asxat Tagibergen (s), Gafurjan Suyumbayev, Islamxan Bauirjan (Radoslav Petrovich, 60), Maksim Fedin (Elxan Astanov, 61), Yerkebulan Tungishbayev, Temirlan Yerlanov, Sergey Maliy, Mamadu Mboji, Bernardo Matich, Bobir Abdixoliqov

\"Kaspiy\": Maksim Plotnikov, Duman Narzillayev (s), Stefan Kotsev (Vilyus Armanavichyus, 56), Yerlan Kadirbayev, Aleksey Zelenskiy, Georgiy Pansulaya, Maksat Taykenov, Dmitriy Podstrelov (Jambuli Jigauri, 56), Abdullay Diakate, Talgat Kusyapov, Ruben Brijido 

Chetlatish: Sergey Maliy 81

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.