Superligada sensatsiya! "Neftchi" "Paxtakor"ni so‘nggi o‘rinlarga tushirib yubordi

Superligada sensatsiya! "Neftchi" "Paxtakor"ni so‘nggi o‘rinlarga tushirib yubordi

Superliganig 2-turidan o‘rin olgan \"Neftchi\" - \"Paxtakor\" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

\"Yo‘lbarslar\"ning ikki goli Larin va Tabatadze nomiga qayd etildi. \"Paxtakor\"ning yagona golini burchak zarbasidan so‘ng Tursunov kiritdi.

Shu tariqa, \"Neftchi\" ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va jadvalda 1-o‘ringa chiqib oldi. \"Paxtakor\" hisobida hozircha ochko mavjud emas va klub oxirgi o‘rinlardan joy olgan.

\"Neftchi\" - \"Paxtakor\" - 2:1

Gollar: Oleksey Larin 51, - 1:0. Toma Tabatadze 81 penalti, - 2:0. Doston Tursunov 90+9, - 2:1 (Diyor Xolmatov).

\"Neftchi\": 45.Akbar To‘rayev, 2.Zoir Jo‘raboyev, 7.Umar Adhamzoda, 8.Nurillo To‘xtasinov, 9.Ulug‘bek Hoshimov (5.Yuriy Batyushin, 83), 19.Mirzohid G‘ofurov (35.Murodbek Bobojonov, 90+4), 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 22.Toma Tabatadze (70.Abbosjon G‘ulomov, 90+4), 23.Diyorjon Turopov (11.Izzatilla Abdullayev, 83), 24.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 26.Oleksey Larin.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 3.Nodirxon Ne’matxonov, 4.Andrey Mishchenko, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 17.Abdulloh Olimov.

\"Paxtakor\": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Doston Tursunov, 88.Shahzod Azmiddinov, 34.Farruh Sayfiyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 17.Dostonbek Hamdamov, 9.Sardor Rashidov (28.Diyor Xolmatov, 61), 8.Azizbek Turg‘unboyev (15.Giorgi Papava, 75), 10.Dragan Cheran.

Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Muhammadali O‘rinboyev, 16.Rustam Turdimurodov, 31.Muhammadali Usmonov.

Ogohlantirishlar: Ulug‘bek Hoshimov 18, Odiljon Hamrobekov 80, Giorgi Papava 85.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.