Otabek Boymurodov: "Baklajka (yelim suv idish) ustiga kim qayerga tepishini yozib olgandim, ammo..."

Otabek Boymurodov: "Baklajka (yelim suv idish) ustiga kim qayerga tepishini yozib olgandim, ammo..."

U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin O‘zbekiston termasi posboni Otabek Boymurodov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Muxlislar bizning 12-futbolchimiz bo‘la olishdi. To‘lgan stadion uchun barchaga katta rahmat. Bu biz uchun birinchisi emas. Bugungisi shunchaki fantastika.

- Penaltilar seriyasiga tayyormidingiz?

- Ha. Baklajka (yelim suv idish) ustiga kim qayerga tepishini yozib olgandim. Ammo penalti tepganlarning uchtasi ro‘yxatimda yo‘q ekan.

- Penaltidan tepilgan to‘p ustunga tekkanida ichingizdan qanday hissiyotlar o‘tdi?

- So‘zlar bilan tasvirlab bo‘lmaydi. Bilmadim. Balki hayotimdagi eng zo‘r hissiyotlardir.

- Asosiy vazifa bajarildimi?

- Yo‘q, keyingi ikki o‘yinda ham yutishni istaymiz. Biz o‘z uyimizdamiz. Barchaga g‘alabalarni taqdim qilmoqchimiz. Bo‘shashishni istamaymiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.