O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta medal bilan yakunladi
O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta medal bilan yakunladi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta bronza medali bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
 
Og‘ir vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun kurashni erta tark etishdi. 52 kilogrammgacha vazn toifasida Sita Qadamboyeva qo‘lga kiritgan bronza medali terma jamoa uchun yagona bo‘lib qoldi.
 
Musobaqadan so‘ng ishtirokchi davlatlar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashishadi. O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur yig‘inda ishtirok etib, jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.