Ivan Boshkovich “So‘g‘diyona” bosh murabbiyiga aylandi

Ivan Boshkovich “So‘g‘diyona” bosh murabbiyiga aylandi
Ivan Boshkovich “So‘g‘diyona” bosh murabbiyiga aylandi
Foto: PFL
Chernogoriyalik murabbiy Ivan Boshkovich “So‘g‘diyona” bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida Jizzax klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Boshkovich “So‘g‘diyona” bilan mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
 
Ma’lumot o‘rnida, Ivan Boshkovich 1982 yil Chernogoriyada tavallud topgan. Mutaxassis faoliyati davomida “Huai Thalaeng United” jamoasida yoshlari murabbiyi, “Lampang” klubida esa yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. Undan tashqari “Bunyodkor U-19”, “Bunyodkor-2” jamoalarida ham faoliyat olib borgan. 2022 yilda “Bunyodkor”da bir muddat ishlagan.
 
Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” “Navbahor”ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Yorqin Nazarovni iste’foga chiqargan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.