Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev Rosadodan revansh oldi

Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev Rosadodan revansh oldi
Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev Rosadodan revansh oldi
Foto: Dazn
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘tayotgan professional boks kechasida Bektemir Meliqo‘ziyev Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarildi.
 
75 kg vaznga ega o‘zbekistonlik va meksikalik bokschilar o‘rtasidagi jangda Bektemir raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. 10 raundgacha mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda Bektemir hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra ustun keldi. Uchala referi ham hamyurtimizning – 99:91 hisobidagi g‘alabasini qayd etgan.
Shu tariqa, 27 yoshli Meliqo‘ziyev professional faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat uchun o‘zidan 10 yosh katta bo‘lgan Gabriel Rosadodan revansh oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.