Ronaldu golsiz seriyasiga barham berdi

Ronaldu golsiz seriyasiga barham berdi
Ronaldu golsiz seriyasiga barham berdi
\"An-Nasr\" hujumchisi Krishtianu Ronaldu golsiz seriyasiga barham berdi.
 
38 yoshli forvard Saudiya Arabistoni 24-turidan o‘rin olgan \"Al-Rayed\"ga qarshi o‘yinning 4-daqiqasida Al G‘annamning uzatmasidan keyin hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
 
Ronaldu bungacha 3 ta o‘yindan beri gol ura olmayotgandi. \"Al-Hilol\" (0:2), \"Al-Feyha\" (0:0) va \"Al-Vahda\"ga (0:1) qarshi uchrashuvlarda Krishtianu maydonni golsiz tark etdi.
 
Ma’lumot uchun, hujumchi chempionat doirasida 12 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.