APL. "Liverpul" "Tottenxem"ni suvga olib borib, sug‘ormay qaytarib keldi

APL. "Liverpul" "Tottenxem"ni suvga olib borib, sug‘ormay qaytarib keldi
APL. "Liverpul" "Tottenxem"ni suvga olib borib, sug‘ormay qaytarib keldi
Angliya Premer-ligasi 34-turidan o‘rin olgan \"Liverpul\" va \"Tottenxem\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur to‘qnashuvda maydon egalari 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Uchrashuvning 3-daqiqasida Arnoldning uzatmasidan keyin Jons hisobni ochdi. Ikki daqiqa o‘tib, Luis Dias oradagi faqrni yana bittaga oshirib qo‘ydi. 15-daqiqada Gakpo ishlagan penaltini Saloh golga aylantirdi. 
 
Birinchi bo‘lim oxirlarida Keyn hisobni qisqartirdi. Jamoalar 3:1 hisobida tanaffusga yo‘l oldi. Ikkinchi taymni \"shporlar\" faol boshladi va hisobni tenglashtirdi. Bellashuvning so‘nggi soniyalaradi zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jota gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
 
\"Liverpul\" – \"Tottenxem\" 4:3 (3:1, 1:2)
Gollar: 1:0 – 3 Djons, 2:0 – 5 Dias, 3:0 – 15, penalti Salax, 3:1 – 39 Keyn, 3:2 – 77 Son Xin Min, 3:3 – 90+3 Risharlison, 4:3 – 90+5 Diogu Jota.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Fabino, Djons (Milner, 86), Elliott (Xenderson, 63), Salax, Dias (Diogu Jota, 63), Gakpo (Nunes, 73).
Tottenxem – Forster, Porro (Lukas Moura, 90), Dayer, Devis, Romero, Perishich (Dandjuma, 90), Xeyberg, Kulusevski (Sarr, 66), Skipp (Risharlison, 84), Son Xin Min, Keyn.
Ogohlantirishlar: Son Xin Min (52), Konate (70), Diogu Jota (81), Milner (90), Risharlison (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.