Boks bo‘yicha JCH—2023. Shohjahon Abdullayev Qirg‘iziston vakilini mag‘lub etdi

Boks bo‘yicha JCH—2023. Shohjahon Abdullayev Qirg‘iziston vakilini mag‘lub etdi
Boks bo‘yicha JCH—2023. Shohjahon Abdullayev Qirg‘iziston vakilini mag‘lub etdi
Boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatining 2-kungi bahslarida 2 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
 
-86 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Abdullayev dastlabki bosqichdagi jangini Qirg‘iziston vakili Erkin Adilbek Uuluga qarshi o‘tkazdi.
 
Jangning birinchi raundi to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi. Ikkinchi raundda ham Abdullayev faolroq bo‘ldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan O‘zbekiston vakilining g‘alabasini qayd etdi.
Boks bo‘yicha JCH—2023. Shohjahon Abdullayev Qirg‘iziston vakilini mag‘lub etdi
2 may kuni Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg) kechki dasturda jazoirlik Yunus Nemouchiga qarshi ringga chiqadi.
 
Avvalroq Mujibillo Tursunov va Ruslan Abdullayev o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlab, keyingi bosqich masalasini hal qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.