Amerika Kubogi–2016. Braziliya termasi Peruga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi

Amerika Kubogi–2016. Braziliya termasi Peruga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi
Amerika Kubogi–2016. Braziliya termasi Peruga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi

Amerika Kubogi–2016 musobaqasining “V” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Braziliya va Peru o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda 0:1 hisobi qayd etilib, peruliklar foydasiga hal bo‘ldi. Bu haqda \"Fut.uz\" xabar berdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 75 daqiqada Peru a’zosi Ruidias kiritdi.

Aynan shu gol evaziga Peru 7 ochko to‘plagan holda guruhda birinchi o‘rinni egalladi va chorak finalga chiqdi. Braziliya uchun esa musobaqa o‘z poyoniga etdi.

Amerika Kubogi–2016. “V” guruhi, 2-tur

Braziliya – Peru 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 75 Ruidias.
Braziliya – Alisson, Miranda, Filipe Luis, Dani Alves, Jil, Elias, Renato Augusto, Lukas Lima, Villian, Koutino, Gabriel (Xalk, 72).
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Korso, Rodriges, Vilches, Balbin (Yotun, 46), Kueva (Tapiya, 90), Flores (Ruidias, 64), Gerrero, Polo.
Ogohlantirishlar: Lukas Lima (72), Renato Augusto (88), Yotun (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.