Yaponiya klubi OCHL g‘olibiga aylandi

Yaponiya klubi OCHL g‘olibiga aylandi
Yaponiya klubi OCHL g‘olibiga aylandi
Osiyo Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan \"Urava Red Daymonds\" - \"Al-Hilol\"  jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida saudiyaliklardan ustun keldi.
 
Andre Karrilo 48-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va mazkur gol yaponiyaliklarga g‘alaba taqdim etdi. Qayd etish lozim, mazkur qarama-qarshilikdagi birinchi bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi.
 
\"Urava Red Daymonds\" (Yaponiya) – \"Al Hilol\" (Saudiya Arabistoni) 1:0
Gol: Andre Karrilo avtogol 49\'
\"Urava Red Daymonds\":  Nishikava, Sakai, Shols, Xyoybraten, Akimoto, Ivao, Ito (Shibato, 86), Okubo, Koizumi (Yasui, 72), Sekine (Ogivara, 86), Koroki (Kante, 72)
\"Al Hilol\": Al Mayuf, Abdulhamid, Al Bulayhi, Al Burayk (Al Yami, 80), Kanno (Al Juvayr, 88), Otayf (Al Dovsari, 68), Karrilo, Mikael, Al Hamdan (Al Shehri, 68), Igalo
Ogohlantirishlar: Okubo (36), Al Bulayhi (88)
 
Birinchi uchrashuv – 1:1. 
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.