Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik bokschini yana mag‘lub etdi

Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik bokschini yana mag‘lub etdi
Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik bokschini yana mag‘lub etdi
Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
 
-86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik Sagindik Tagambayga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qildi.
 
Birinchi raundda hamyurtimizning qo‘li baland keldi - 5:0.
 
Shohjahon ikkinchi raundda ham ustunlikka erishdi - 4:1.
 
Uchinchi raundda ham raqib Shohjahonga imkoniyatni boy berdi 2:3. Yakuniy natija 5:0 Shohjahon keyingi bosqichda.
 
Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik bokschini yana mag‘lub etdi. Ularning avvalgi to‘qnashuvida hamyurtimiz raqibini nokaut qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.