Boks bo‘yicha JCH-2023. Abdumalik Xalokov ham yarim finalda!


Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov iordaniyalik Ishish Yusufga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ko‘k libosda. Uning raqibi qizil formada harakat qildi.
Abdumalik ilk raundni o‘z foydasiga hal qildi - 5:0.
Ikkinchi raund ham hamyurtimizning foydasiga - 5:0.
Uchinchi raundda hakamlar bir ovozdan Xalokovning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 bokschimiz yarim finalda. U ham kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













