100 kmga yugurishda yangi jahon rekordi o‘rnatildi!


Yengil atletika olamida uzoq masofalarga yugurish bo‘yicha bir qator yo‘nalishlar bo‘lib, ularda jahon rekordlari yuritib boriladi. Litvada o‘tgan Nord Security World\'s Fastest Run musobaqasida 100 kmga yugurish dasturida yangi jahon rekordi qayd etildi.
Ushbu rekordga litvalik Aleksandr Sorokin mualliflik qildi. Sportchi masofani 6 soat, 5 daqiqayu 35 soniyada bosib o‘tdi. Bu avvalgi rekord sohibi yaponiyalik Nao Kazamining natijasidan (6:09:14) 3 daqiqayu 39 soniyaga yaxshiroq ko‘rsatkich bo‘ldi. Sorokin marafon masofasini (42 km, 195 m) bosib o‘tish uchun 2:32:30 vaqt sarflagan. Poyga Litva poytaxtida 19 daraja iliq havoda o‘tkazilgan.
Manba: MOQ
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













